photo 2025 10 30 13 01 11

🌟 “Yashash uchun 1001 sabab” — motivatsiya daqiqasi

photo 2025 10 30 13 01 11

Bugun, 2025-yil 30-oktyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida katta tanaffus vaqtida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Yashash uchun 1001 sabab” nomli motivatsion daqiqa tashkil etildi.

Mazkur tadbir akademik litsey psixologi E. Yo‘ldashev tomonidan o‘tkazilib, unda yoshlarning hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ijobiy fikrlash, o‘z oldiga ezgu maqsadlar qo‘yish va kelajakka ishonch bilan intilish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

💫 Motivatsion suhbat davomida o‘quvchilar hayotdagi har bir kunning qadriga yetish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, qiyinchiliklarga bardosh bilan yondashish va o‘z orzulari sari dadil qadam tashlashga chorlandilar.

🌱 Har bir insonning hayotida uni oldinga undaydigan minglab sabablar bor. Muhimi — ularni ko‘ra bilish va qadrlash!