Aniq fanlar
Aniq fanlar
Aniq fanlar yo‘nalishi mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va murakkab masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda matematika va fizika fanlari chuqurlashtirib o‘qitilib, muhandislik, axborot texnologiyalari hamda texnika sohalari uchun mustahkam bilim beriladi.
Tabiiy fanlar
Tabiiy fanlar
Tabiiy fanlar yo‘nalishi tabiat qonuniyatlari, tirik organizmlar va kimyoviy jarayonlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan. Kimyo va biologiya fanlari chuqur o‘qitilib, tibbiyot, farmatsevtika, ekologiya va biologik tadqiqotlar sohalariga tayyorgarlik ko‘riladi.
Xorijiy tillar
Xorijiy tillar
Xorijiy tillar yo‘nalishi o‘quvchilarning til bilish, muloqot va akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanlari chuqur o‘qitilib, xalqaro ta’lim va tarjimonlik faoliyati uchun zarur bilimlar beriladi.
Iqtisod
Iqtisod
Iqtisod yo‘nalishi iqtisodiy fikrlash, tahlil qilish va zamonaviy biznes jarayonlarini tushunishga yordam beradi. Matematika va ingliz tili fanlari chuqur o‘qitilib, moliya, bank ishi, menejment va tadbirkorlik sohalari uchun zarur bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi.