Hamkorlar
Litseyimiz xalqaro nufuzli universitetlar bilan hamkorlik asosida o'quvchilarni kelajakka tayyorlaydi
Toshkent shahridagi INHA universiteti (INHA University in Tashkent) 2014-yilda O'zbekiston va Janubiy Koreyaning INHA universiteti hamkorligida tashkil etilgan. Universitetda ta'lim ingliz tilida olib boriladi va axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Universitet zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lib, talabalar uchun ma'lumotlar markazi, kompyuter laboratoriyalari va fizika laboratoriyalari faoliyat yuritadi.
Kompyuter laboratoriyalari zamonaviy texnika va dasturiy ta'minot bilan jihozlangan bo'lib, dasturlash va muhandislik fanlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi.
Yo'nalishlari:
Computer Science and Engineering (CSE) — Dasturlash va dasturiy ta'minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Talabalar C++, Java, veb-dasturlash va boshqa zamonaviy texnologiyalarni o'rganadilar.
Information and Communication Engineering (ICE) — Kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari, apparat ta'minoti hamda tarmoq texnologiyalarini o'rganishga qaratilgan.
Bugungi kunda INHA universiteti O'zbekistondagi axborot texnologiyalari yo'nalishidagi nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Zamonaviy dasturlar
IT, muhandislik va raqamli texnologiyalar bo'yicha chuqur bilim
O'qituvchilar malakasi
INHA mutaxassislari bilan seminarlar va treninglar
Talabalar imtiyozlari
INHA Universityga kirishda qo'shimcha imkoniyatlar
Xalqaro tajriba
Bitiruvchilar uchun xalqaro darajada raqobatbardosh ta'lim
Barcha hamkor universitetlar ro‘yxati
Ko‘rish so‘zini ustiga bosing
