
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yigitlar o‘rtasida tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya etish, kiyinish madaniyati hamda ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga amal qilish yuzasidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda litsey psixologi Elyorjon Yo‘ldashev tomonidan o‘quvchilarga odobli muomala, mas’uliyat hissi, tashqi ko‘rinish madaniyati va namunali xulq-atvorning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi. Suhbat davomida yoshlarni Vatanga sadoqatli, ma’naviy yetuk va har tomonlama barkamol inson bo‘lib voyaga yetishga undovchi fikrlar bildirildi.
Litsey yigitlari – kelajak burgutlari! Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib avlod bo‘lib kamol topishingizga tilakdoshmiz!
