
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, jumladan, imtiyozli oziq-ovqat bilan ta’minlash tizimi doimiy e’tiborda.
Litsey rahbari I. Mamajonov tomonidan ovqatlanish jarayonining sifati, sanitariya-gigiyena talablari, taomlar sifati hamda o‘quvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar muntazam nazorat qilinib, mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
O‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi, qulay ta’lim muhiti va farovonligi akademik litsey faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
