
Bugun, 16-oktyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining 2-25 guruhi o‘quvchilari ota-onalari ishtirokida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, davomat, ichki tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya etish, ta’lim sifati hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ota-onalarga farzandlarning ta’lim-tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda farzandlarining barkamol va bilimli inson bo‘lib voyaga yetishida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
