
O‘quvchi-qizlar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida birinchi bosqich o‘quvchi-qizlari bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishdagi suhbat tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchi-qizlarning odob-axloqi, muomala va kiyinish madaniyati, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi, shuningdek, tengdoshlari bilan sog‘lom va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarning turar joyidagi ichki tartib-qoidalarga amal qilishi, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, mas’uliyat va intizom kabi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat davomida o‘quvchi-qizlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topish, bilim olishga intilish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yaxshi tarbiya — go‘zal kelajak poydevori!
