photo 2026 09 10 14 59 10

Shaxmat va shashka — tafakkur bellashuvi

photo 2026 09 10 14 59 10

Bugun 10-sentyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz musobaqa bo‘lib o‘tdi.
♟ Shaxmat va shashka — nafaqat sport, balki o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, diqqat-e’tibori, tezkor qaror qabul qilishi va strategik tafakkurini rivojlantiruvchi muhim vositalardan biridir.
Musobaqada o‘quvchilar o‘zlarining bilim, mahorat va irodalarini namoyon etib, munosib natijalar uchun bahs olib bordilar. 🏅
👏 Musobaqada faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar akademik litsey ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.
🎉 G‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi bellashuvlarda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Sport — sog‘lom avlod tarbiyasi,
Shaxmat va shashka — teran tafakkur maktabidir! 🌟