
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, kelajakdagi maqsadlarini belgilash hamda shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Inson kapitali nima va nega u muhim?” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga inson kapitali tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Insonning bilimi, ko‘nikmalari, tajribasi, ijodkorligi va salohiyati uning shaxsiy rivojlanishi hamda mamlakat ravnaqida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, zamonaviy kasblarni egallash, uzluksiz ta’lim olish, o‘z ustida muntazam ishlash va kelajak uchun aniq maqsadlar belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazkur mashg‘ulotlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kelajakka mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
