
O‘quvchilarning xarakter va temperamenti o‘rganildi
23-sentyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida birinchi bosqich o‘quvchilarining individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida litsey psixologi E. Yuldashev tomonidan “Xarakter va temperament” mavzusida psixologik test sinovlari o‘tkazildi.
Mazkur test sinovlari o‘quvchilarning xarakter xususiyatlari, temperament turlari, hissiy holati hamda shaxsiy qobiliyatlarini aniqlashga qaratildi. Ushbu jarayon orqali yoshlarning o‘zini anglash, individual fazilatlarini rivojlantirish va atrofdagilar bilan sog‘lom munosabatlarni shakllantirish ko‘nikmalarini mustahkamlash ko‘zda tutildi.
Test sinovlari o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish, ularning yangi ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonida individual yondashuvni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademik litseyda bunday psixologik tadbirlarning tashkil etilishi o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, ruhiy barqarorligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zini anglash — shaxsiy rivojlanish sari muhim qadam!
