
19-oktabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida Farg‘ona shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi Z. Tolibova tomonidan o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida o‘quvchilarning tartib-intizomi, davomati, tashqi ko‘rinishi, kiyinish madaniyati hamda dars mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga akademik litseyning ichki tartib-qoidalariga rioya etish, odob-axloq me’yorlariga amal qilish, ustozlarga hurmat ko‘rsatish, bilim olishga mas’uliyat bilan yondashish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur davra suhbatlari yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish va intizomli bo‘lish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Akademik litseyda bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning muntazam tashkil etilishi o‘quvchi-yoshlarning bilimli, tarbiyali, tashabbuskor va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Intizom va ma’naviyat — barkamol avlod poydevori!
