photo 2026 10 23 14 59 18

Til bayrami g‘oliblari munosib taqdirlandi

photo 2026 10 23 14 59 18

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan subhidam yig‘ilishi davomida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

Bayram doirasida o‘tkazilgan ijodiy tanlovlar, badiiy tadbirlar va viktorinalarda o‘quvchilar o‘zlarining bilim, iste’dod va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar. Ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rnini tarannum etgan yoshlarning yutuqlari akademik litsey ma’muriyati tomonidan munosib e’tirof etildi.

Mazkur taqdirlash marosimi o‘quvchilarning ona tilimizga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlash, ijodiy faolligini oshirish hamda yangi yutuqlar sari intilishlarini rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Barcha g‘olib va faol ishtirokchilarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusidagi ta’lim va ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ona tilimiz — millatimiz faxri, yoshlarimiz — kelajagimiz bunyodkorlari!