photo 2026 11 10 13 28 10

Hayot qadri — yashash uchun sabab

photo 2026 11 10 13 28 10

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida katta tanaffus vaqtida litsey psixologi E. Yuldashev tomonidan “Yashash uchun 1000 dan 1 sabab” mavzusida psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnoma o‘quvchilarda hayotga ijobiy munosabatni shakllantirish, yashashga bo‘lgan ishtiyoqni mustahkamlash, hayotning qadrini anglash hamda kelajakka umid va ishonch bilan qarash tuyg‘ularini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

So‘rovnoma davomida o‘quvchilar hayotdagi quvonchli lahzalar, orzu-maqsadlar, oilaviy qadriyatlar, do‘stlik va insoniy munosabatlarning ahamiyati haqida fikr yuritdilar. Shuningdek, yoshlarning o‘z hayotiga ijobiy yondashishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishi va kelajak sari dadil intilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu psixologik tadbir o‘quvchilarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, hayotga mehr bilan qarash hamda har bir kunning qadriga yetish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Hayot — bebaho ne’mat! Uni sevish, qadrlash va mazmunli yashash har birimizning eng go‘zal maqsadimizdir.