
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Bayrog‘im — g‘ururim, iftixorim!” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etilmoqda.
Mazkur tanlov yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Tanlov yo‘nalishlari:
- Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan rasmlar;
- Ijodiy plakat va kompozitsiyalar;
- Bayroq mavzusidagi bezakli ijodiy ishlar.
Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlari, badiiy tafakkuri va Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini ijod namunalari orqali namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Akademik litseyimizning barcha iqtidorli va ijodkor o‘quvchilarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📲 Murojaat uchun: @shgofurova
🇺🇿 Davlat bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz, mustaqilligimiz va Vatanimiz sha’nining yorqin timsolidir!
