photo 2026 09 11 16 55 02

Iqtidorli o‘quvchilar munosib taqdirlanib kelinmoqda

photo 2026 09 11 16 55 02

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Akademik litseyda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli o‘quvchilar litsey ma’muriyati tomonidan muntazam ravishda taqdirlanib kelinmoqda.

Bunday rag‘batlantirish o‘quvchilarning o‘z bilim va salohiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, yangi marralarni zabt etishga undash hamda tengdoshlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Akademik litsey jamoasi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini rivojlantirish va kelgusida yanada yuksak natijalarga erishishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga intilmoqda.

Barcha faol va iqtidorli o‘quvchilarimizga kelgusidagi o‘qish va ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!