photo 2025 10 09 15 06 01

“Obod maskanim” – obodonchilikka munosib hissa!

photo 2025 10 09 15 05 31

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi o‘quvchilari turar joyida istiqomat qiluvchi volontyor yoshlar ishtirokida “Obod maskanim” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining tashabbuskorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, kuzgi obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Hududlarni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni yanada obod va ozoda saqlashga qaratilgan ishlarda volontyorlar munosib hissa qo‘shdilar.

Mazkur tadbir yoshlarda mehnatsevarlik, tabiatga mehr, ekologik madaniyat va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🌱 Obod maskan – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!