photo 2026 09 29 17 07 20

“Rektor soati” — ustozlarga e’zoz va ehtirom

photo 2026 09 29 17 07 20

“Rektor soati” — ustozlarga e’zoz va ehtirom

2026-yil 29-sentabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Tojiyev Rustam Rasulovich boshchiligidagi universitet rahbariyati 2-son akademik litseyga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida o‘quvchilar va pedagoglar ishtirokida “Rektor soati” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnati hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan akademik litseyning fidoyi, tashabbuskor va o‘z kasbiga sadoqatli pedagoglari alohida e’tirof etilib, ularning samarali mehnati munosib rag‘batlantirildi.

Tadbirda ustoz va murabbiylarimiz bayram bilan samimiy muborakbod etilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, sharafli kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilandi.

Mazkur uchrashuv ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, yoshlarning ilm-fanga intilishini kuchaytirish hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.