photo 2026 09 16 12 39 06

Respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichi

photo 2026 09 16 12 39 06

boshlandi

16-sentyabr kunidan boshlab Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida Respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichi boshlanadi.

Mazkur olimpiada o‘quvchi-yoshlarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Fan olimpiadasi o‘quvchilar uchun o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etish, shuningdek, yangi yutuqlar sari dadil qadam tashlash uchun muhim imkoniyatdir.

Akademik litseyimizning barcha o‘quvchilarini ushbu bilimlar bellashuvida faol ishtirok etishga, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etishga chorlaymiz. Ishonamizki, olimpiada yoshlarimizning ilm-fanga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirib, kelgusidagi ulkan muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi.

Eslatma: Fan olimpiadalari dars mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘tkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga omad, yuksak natijalar va ulkan zafarlar tilaymiz!