photo 2026 11 13 12 23 57

Sport klubi — sog‘lom kelajak sari

photo 2026 10 08 15 51 55

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Sport klubi faol, tashabbuskor va sportga qiziquvchi yoshlarni birlashtirib, turli sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda jamoaviy bellashuvlarni tashkil etishni maqsad qilgan.

Klub faoliyati orqali o‘quvchilarning jismoniy salohiyatini rivojlantirish, jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini mustahkamlash, sport mahoratini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Akademik litseyimizning barcha sportsevar o‘quvchilarini klub faoliyatida faol ishtirok etishga, o‘z iste’dod va imkoniyatlarini namoyon qilishga hamda yangi sport yutuqlari sari birgalikda intilishga chorlaymiz!

Maqsadimiz — faol hayot, kuchli jamoa va sog‘lom avlod!

📞 Aloqa: +998 97 665 52 77

📲 Telegram: @ubaydillayev_906

🔗 Rasmiy kanal: https://t.me/litsey_sport7

Birgalikda — kuchlimiz!