photo 2025 10 21 10 45 03

Til bayrami ko‘tarinki ruhda boshlandi!

photo 2025 10 21 10 45 03

Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayramona muhit hukm surdi.

9-25 guruhi o‘quvchilari ertalabdan ustozlar va o‘quvchilarni “To‘g‘risini toping” nomli qiziqarli viktorina bilan kutib oldilar. Viktorina davomida ishtirokchilar o‘zbek tili, uning boyligi va imlo qoidalariga oid savollarga javob berib, bilim va topqirliklarini namoyish etdilar.

Faol qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir barchaga xush kayfiyat ulashib, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🌿 Ona tilimiz – milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va bebaho merosimizdir!