
Bugun, 2026-yil 3-avgust kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida yangi qabul qilingan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda akademik litsey direktori I.K. Mamajonov, direktor o‘rinbosarlari va pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etib, 200 nafar o‘quvchi hamda ularning ota-onalariga litsey faoliyati, ichki tartib-qoidalar, o‘quv jarayonlari, darsliklar bilan ta’minlash, kiyinish madaniyati, mobil telefonlardan foydalanish tartibi, shuningdek, yotoqxona va imtiyozli oziq-ovqat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida ota-onalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish, ta’lim sifati va oila–litsey hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Barcha o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, ilm yo‘lida yuksak marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
