
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari «Zakovat» intellektual o‘yinining Talaba-o‘quvchilar ligasi doirasidagi navbatdagi bahslarda faol ishtirok etdilar.
Musobaqa davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, keng dunyoqarash va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Akademik litsey jamoasi o‘z bilim va salohiyatini namoyon etgan barcha ishtirokchilarga keyingi bahslarda ham ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi!
