photo 2025 10 23 14 17 04

Zakovatli yoshlar klubining navbatdagi saralash o‘yini o‘tkazildi

photo 2025 10 23 14 17 04

Bugun, 23-oktyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida Zakovatli yoshlar klubining navbatdagi saralash o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Intellektual bellashuvda akademik litsey o‘quvchi-yoshlaridan tuzilgan terma jamoalar faol ishtirok etib, o‘zlarining bilimlari, mantiqiy fikrlashi, topqirligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yinda ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga tezkor va aniq javob berishga intildilar.

Bunday intellektual musobaqalar yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌟 Barcha jamoalarga keyingi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!