photo 2025 11 05 11 54 14

🌱 “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionati

photo 2025 11 05 11 54 14

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi 02/14-4760-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionati tashkil etildi.

Ekochempionat davomida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan litsey hududida belgilangan yer maydonlariga turli xil daraxt ko‘chatlari ekildi, mavjud yashil hududlar obodonlashtirildi hamda o‘sayotgan daraxtlarni parvarishlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, hududdagi xazonlar tozalanib, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam holga keltirishga alohida e’tibor qaratildi. 🌳🍃

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda atrof-muhitni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.

🌿 Litsey jamoasi ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etib, “Yashil makon” g‘oyasini amalda hayotga tatbiq etmoqda!

🌳 Bugun ekilgan daraxt — kelajak uchun toza havo va yashil hayot!