photo 2025 11 05 11 54 14

📚 Ta’lim sifati va o‘quvchilar manfaatlari — doimiy e’tiborda

photo 2025 11 05 11 54 14

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi direktori Ilhomjon Komilovich Mamajonov tomonidan dars mashg‘ulotlarining sifatli tashkil etilishi, o‘quvchilar davomati hamda ta’lim muassasasidagi tartib-intizom holati muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, o‘quvchilar bilan muntazam ravishda suhbatlar o‘tkazilib, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonidagi qulayliklar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilmoqda.

💬 O‘quvchi-yoshlarning taklif va mulohazalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni qiziqtirayotgan masalalar o‘rganilmoqda. Bildirilgan takliflar asosida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar uchun qulay va samarali muhit yaratish borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🎓 Sifatli ta’lim, mustahkam intizom va o‘quvchi manfaatlari — akademik litsey faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.