photo 2025 11 05 11 54 14

🌸 “Balli qizlar” — iste’dod, chaqqonlik va mahorat bellashuvi!

photo 2025 11 05 11 54 14

Bugun, 6-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi o‘quvchilar turar joyida istiqomat qiluvchi qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Balli qizlar” nomli qiziqarli tanlov o‘tkazildi.

🌷 Tanlov davomida qizlar bir nechta shartlar asosida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Jumladan:
💇‍♀️ Soch o‘rish;
👗 Kiyim taxlash;
⚡ Tezkor savol-javoblar.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etib, she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etdilar. Tadbir davomida ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhit hukm surdi.

🎁 Tanlovda faol ishtirok etgan qizlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

👏 Balli, qizlar! Sizlarning faolligingiz, chaqqonligingiz va iste’dodingiz barchaga quvonch ulashdi. Kelgusidagi tanlov va tadbirlarda ham omad tilaymiz!