photo 2025 12 26 13 21 35

🎄🎅 Yangi yil — yangi orzular, yangi marralar! 🎉

photo 2025 12 26 13 21 35

26-dekabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎊 Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha shukuhda tashkil etilib, o‘quvchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida qiziqarli va quvnoq o‘yinlar, turli tanlovlar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.

✨ Bayramona muhitda o‘quvchilar yil davomida erishgan yutuqlarini nishonlab, do‘stlari va ustozlari bilan birgalikda quvonchli lahzalarni baham ko‘rdilar.

🎁 Yangi yil barchamizga yangi imkoniyatlar, ulkan zafarlar, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik olib kelsin!

🎄 Yangi yil muborak bo‘lsin, aziz o‘quvchi-yoshlar!
🌟 Yangi yil — yangi marralar sari dadil qadamlar yili bo‘lsin!