
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 479-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 6-yanvar kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quv bo‘limi tomonidan pedagog-o‘qituvchilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
📚 Seminar davomida pedagoglarning o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish hamda zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda akademik litsey rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. “O‘quv jarayonini tashkil etishda dasturiy ta’minotning ahamiyati va uni joriy etish uslublari” mavzusidagi mashg‘ulot davomida zamonaviy dasturiy vositalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ulardan samarali foydalanish usullari va amaliy imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
💡 Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
📅 O‘quv seminarlari tasdiqlangan reja-grafik asosida hafta davomida muntazam tashkil etib boriladi.
🎓 Zamonaviy ta’lim — zamonaviy pedagog va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligidir!
