photo 2026 04 27 10 17 01

Akademik litsey jamoamiz Respublika bosqichida!

photo 2026 04 26 11 05 59

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi.

Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 42 ta jamoa o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Quvonarlisi, Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi jamoasi ham mazkur nufuzli musobaqada faol ishtirok etib, kuchli 10 talikdan o‘rin egalladi.

Bu natija jamoamizning intellektual salohiyati, izlanuvchanligi va bilimga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasidir. Musobaqada qatnashgan barcha o‘quvchilarimiz va ustozlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi bellashuvlarda yanada yuqori natijalarni tilab qolamiz!

Litseyimiz jamoasiga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!