
Bugun, 2026-yil 25-mart kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi “Xush kelding Navro‘zi olam” hamda “Sumalak party” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navro‘zning qadimiy an’analari, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, sumalak sayli tashkil etilib, ishtirokchilar bahorning fayzi, do‘stlik va hamjihatlik muhitini his etdilar. Bayram tadbiri o‘quvchi-yoshlarning milliy an’analarga hurmatini yanada mustahkamlash, Vatanga sadoqat va qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qildi. Tadbir barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
