
Bugun, 18-sentyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng fizika va fransuz tili fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining I bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada akademik litseyning iqtidorli va bilimga chanqoq o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Fan olimpiadalari o‘quvchilarning intellektual salohiyatini namoyon etish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni keyingi bosqichlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha ishtirokchilarga omad, yuqori natijalar va Respublika fan olimpiadasining keyingi bosqichlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
