photo 2025 10 10 10 56 50

Birinchi oraliq test sinovlari o‘tkazildi

photo 2025 10 10 10 56 50

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 2025–2026 o‘quv yilining birinchi oraliq test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur test sinovlari o‘quvchi-yoshlarning fanlar bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, o‘zlashtirish darajasini aniqlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Test jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida shaffof hamda adolatli muhitda o‘tkazildi. O‘quvchilar sinovlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va tayyorgarlik darajalarini namoyon etdilar.

📚 Ushbu oraliq nazorat natijalari o‘quvchilarning keyingi ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish va mavjud bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Barcha o‘quvchilarga kelgusi sinovlarda ham ulkan muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!