photo 2025 10 20 14 06 18

O‘tkazilgan o‘rganishdan lavhalar

photo 2025 10 20 14 06 18

O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar prokuraturasining 2025-yil 17-sentabrdagi №10.1/-25-sonli talabnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, ichki tartib-intizomga rioya qilinishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan ko‘zdan kechirish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayon davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

📸 Quyida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonidan lavhalar bilan tanishishingiz mumkin.