photo 2025 10 24 12 31 38

Faol o‘quvchilar munosib taqdirlandilar

photo 2025 10 24 12 31 38

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida hafta davomida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, intellektual bellashuvlar hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar akademik litsey ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida o‘quvchilarning tashabbuskorligi, faolligi, jamoaviy hamkorligi va erishgan natijalari alohida e’tirof etildi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi sovrinlar topshirildi.

Bunday e’tibor va rag‘bat o‘quvchilarning bilim olishga, sport bilan muntazam shug‘ullanishga, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

👏 Faol va iqtidorli o‘quvchilarimizni samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi o‘qishlari, sport va jamoat ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!