photo 2025 10 27 16 07 52

“O‘zbekligim belgisi, nishonasi…” — milliylikni namoyon et!

photo 2025 10 27 16 07 52

📣 31-oktyabr — “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida guruhlar kesimida “O‘zbekligim belgisi, nishonasi…” nomli chellenj e’lon qilinadi!

✨ Ushbu chellenjda har bir guruh o‘zining milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga bo‘lgan hurmatini ijodiy tarzda namoyish etishi talab etiladi.

🎥 Guruhlar chellenj doirasida:

  • 👘 milliy liboslar;
  • 🍲 milliy taomlar;
  • 🎶 milliy kuy-qo‘shiqlar;
  • 🏺 urf-odat va an’analar;
  • 🎨 milliy hunarmandchilik;
  • 📹 mavzuga oid ijodiy videoroliklar orqali o‘zbekligimizning o‘ziga xos belgilarini namoyish etishlari mumkin.

🏆 31-oktyabr kuni eng faol, ijodkor va milliy qadriyatlarni o‘ziga xos tarzda namoyon etgan guruhlar aniqlanadi va munosib taqdirlanadi!

🌿 Milliy qadriyat — millatning o‘zligi!
🇺🇿 O‘zbekligim — faxrim va g‘ururim!

👏 Barcha guruhlarni chellenjda faol va ijodiy ishtirok etishga chorlaymiz!