
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi 70-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi dasturining 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📅 2025-yil 22-dekabr kuni akademik litsey o‘quvchi-yoshlari uchun Farg‘ona viloyatidagi **“Temurbeklar maktabi”**ga ekskursiya uyushtirildi.
🎖 Ekskursiya davomida o‘quvchilarga harbiy ta’lim, Vatan himoyasi, harbiy xizmatchilarning sharafli burchi hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar harbiy ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni va harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, harbiy-vatanparvarlik, jasorat, fidoyilik va tinchlikning qadriga yetish kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.
🫡 Tinchlik — bebaho ne’mat. Vatanni himoya qilish esa har bir fuqaroning sharafli burchidir!
