photo 2026 06 15 16 40 31

Yangi marralar sari dadil qadam!

photo 2026 06 15 16 40 31

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish tantanali marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

📚 Joriy o‘quv yilida akademik litseyni 213 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomlab, hayotlarining yangi va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘ydilar.

🏅 Bitiruvchilar orasida:

  • 🥇 4 nafar — oltin medal sohibi;
  • 🥈 7 nafar — kumush medal sohibi;
  • 🎓 87 nafar — imtiyozli diplom sohibi bo‘ldi.

🌟 Tantanali marosimda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustambek Rasulovich Tojiyev ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy muborakbod etdi.

Rektor o‘z tabrik nutqida yoshlarning kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonch bildirib, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli, izlanuvchan va tashabbuskor insonlar bo‘lib kamol topishga chorladi.

🎓 Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, o‘qish davomida yuqori natijalarga erishgan oltin va kumush medal hamda imtiyozli diplom sohiblari alohida e’tirof etildi.

✨ Tadbir samimiy tabriklar, ezgu tilaklar, quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Bu kun bitiruvchilar, ularning ustozlari hamda ota-onalari uchun faxr va iftixor lahzalariga aylandi.

👏 Aziz bitiruvchilar! Sizlarni ushbu unutilmas kun bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelgusidagi o‘qishlaringizda, ilmiy izlanishlaringizda va hayot yo‘lingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

🇺🇿 Bugungi bitiruvchi — ertangi yetuk mutaxassis, Yangi O‘zbekistonning munosib bunyodkori!

🎊 Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!