photo 2026 09 02 11 08 27

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar sari!

photo 2026 09 02 11 08 27

Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida guruh rahbarlari hamda fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik darslari” tashkil etilmoqda.
🎓 Mazkur darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy xotira va yurtimiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat.
🇺🇿 Darslar davomida o‘quvchilarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim, fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi yutuqlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.
🌟 Mustaqillik — bu bizning bugunimiz, ertangi kunimiz va porloq kelajagimizdir!
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!