photo 2026 09 10 20 11 20

O‘quvchilar turar joyida muntazam tashriflar

photo 2026 09 10 20 11 20

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining “O‘quvchilar turar joyi”da istiqomat qilayotgan o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash maqsadida litsey ustozlari tomonidan muntazam ravishda tashriflar tashkil etilmoqda.

Tashriflar davomida o‘quvchilarning yashash sharoitlari, xonalarning ozodaligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, ustozlar o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va istaklarini o‘rganmoqdalar. O‘quvchilarga odob-axloq, tartib-intizom, o‘zaro hurmat va sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur tashriflar o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, ularning ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.