
Ayni kunlarda Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida Respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
Olimpiada doirasida ingliz tili fani bo‘yicha tashkil etilgan bilimlar bellashuvida akademik litsey o‘quvchilari faol ishtirok etib, xorijiy til bo‘yicha egallagan bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va intellektual salohiyatlarini namoyon etmoqdalar.
Mazkur olimpiada o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, grammatik va lug‘aviy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi nufuzli tanlovlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, yuqori natijalarga erishish uchun intilmoqdalar.
Barcha ishtirokchilarga fan olimpiadasining keyingi bosqichlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar, yuqori natijalar va omad tilaymiz!
Bilim va iqtidor — muvaffaqiyat sari yo‘l!
