photo 2026 09 23 19 52 10

O‘quvchi-qizlar bilan gigiyena bo‘yicha suhbat

photo 2026 09 23 19 52 10

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-qizlarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning shaxsiy gigiyena va ozodalik madaniyatini yanada oshirish maqsadida navbatdagi tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.

Akademik litsey Xotin-qizlar kengashi raisi Gulbahor Isroiljonova tomonidan o‘quvchilar turar joyida istiqomat qilayotgan o‘quvchi-qizlarning yashash xonalari ko‘zdan kechirildi. Xonalarning tozaligi, tartib-intizom va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida o‘quvchi-qizlar bilan shaxsiy gigiyena, ozodalik, orastalik, sog‘lom turmush tarzi hamda yashash muhitini toza va tartibli saqlashning ahamiyati haqida samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, kundalik hayotda tozalik qoidalariga amal qilish va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir o‘quvchi-qizlarda mas’uliyat, ozodalik va yuksak madaniyat fazilatlarini shakllantirish, ularning sog‘lom va qulay muhitda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.