ona tilim 16x9

Ona tilim — millatim faxri va g‘ururi

ona tilim 16x9

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tilim — millatim faxri” mavzusida badiiy tadbir tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir o‘quvchi-yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va betakror jozibasini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladi.

Tadbir haqida ma’lumot:

📅 Sana: 20-oktabr

🕒 Vaqt: 4-juftlik

📍 Manzil: Akademik litsey faollar zali

Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etilib, o‘zbek tilining milliy ma’naviyatimiz, tariximiz va madaniyatimizdagi beqiyos o‘rni yoritiladi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Akademik litseyimizning barcha o‘quvchilari va ustozlarini ushbu bayram tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Ona tilim — g‘ururim, iftixorim, milliy o‘zligim!