
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida xalqaro fizika olimpiadasida yuksak natijaga erishgan iqtidorli o‘quvchimiz Tursunaliyev Mehriddinni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Akademik litseyning 2-bosqich aniq fanlar yo‘nalishi 1-25-guruh o‘quvchisi Tursunaliyev Mehriddin II Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi safida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Tantanali marosim davomida o‘quvchimizning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyati yuksak e’tirof etilib, unga samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bildirildi.
Ushbu ulkan yutuq Mehriddinning tinimsiz izlanishlari, chuqur bilimi, ustozlarining fidokorona mehnati hamda akademik litseyimizda iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir.
Xalqaro maydonda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan iqtidorli o‘quvchimizni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va xalqaro olimpiadalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz.
Xalqaro maydondagi yutuq — litseyimiz faxri, yurtimiz iftixori!
