
22-oktabr kuni Farg‘ona viloyatida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Madjit Malikovich Karimov ishtirokida fuqarolar, o‘quvchi-yoshlar va pedagoglar bilan sayyor qabul hamda ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ta’lim tizimidagi yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, bilim va malakalarni baholash, sertifikatlash, imtihonlarni tashkil etish hamda test sinovlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilarning murojaatlari, taklif va fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, rahbar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotda ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot hamda raqamli industriya kabi istiqbolli yo‘nalishlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Mazkur sayyor qabul samimiy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni o‘rganish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kelajak kasblariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ochiq muloqot — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar sari qadam!
