photo 2026 10 21 21 07 31

O‘quvchilar turar joyida sport o‘yinlari

photo 2026 10 21 21 07 31

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining o‘quvchilar turar joyida istiqomat qilayotgan o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport o‘yinlari tashkil etildi.

Akademik litsey jismoniy tarbiya rahbari G‘. Yusupov boshchiligida o‘tkazilgan sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy salohiyati, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Mazkur sport tadbirlari yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek, bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash hamda kundalik hayotida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Akademik litseyda o‘quvchi-yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sport — sog‘lom hayot va barkamol avlod poydevori!