photo 2026 10 27 22 49 30

“Balli qizlar” — iste’dod va zukkolik bayrami

photo 2026 10 27 22 49 30

📅 Bugun, 27-oktabr kuni Farğona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyining öquvçilar turar joyida istiqomat qiluvçi qizlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etiş, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida “Balli qizlar” tadbiri taşkil etildi.

🌷 Tadbir davomida qizlar özlarining odob-axloqi, zukkoligi, çaqqonligi, ijodkorligi va pazandalik mahoratlarini namoyiş etdilar. Qiziqarli şartlar va samimiy bellaşuvlar tadbirga özgaça fayz bağişladi.

✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar öquvçi-qizlarning özaro döstligi va hamjihatligini mustahkamlaş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş hamda barkamol şaxs sifatida şakllanişiga xizmat qiladi.