
2027/2028-o‘quv yili uchun akademik litseylarga qabul jarayonida ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, barcha talabgorlar uchun test topshiriqlari soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlashga, qolgan 40 tasi esa tanlangan ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan bo‘yicha bilimlarini baholashga qaratilgan.
Test topshiriqlari va baholash mezonlari:
| Fanlar | Savollar soni | Har bir savol uchun ball | Maksimal ball |
|---|---|---|---|
| 1-yo‘nalish fani | 20 ta | 3,1 | 62 |
| 2-yo‘nalish fani | 20 ta | 3,1 | 62 |
| Intellektual qobiliyat (IQ) | 20 ta | 1,1 | 22 |
| Jami | 60 ta | — | 146 |
To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146 ball.
Mazkur baholash mezonlari talabgorlarning fanlar bo‘yicha bilim darajasi, mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini aniqlashga xizmat qiladi.
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan barcha talabgorlarga test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini tavsiya etamiz.
Kelajagingiz sari ilk qadamni biz bilan boshlang!
