
Ayni kunlarda Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida barcha guruh o‘quvchilari o‘rtasida oylik oraliq test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur test sinovlari o‘quvchilarning yo‘nalish fanlari bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, o‘zlashtirish darajasini aniqlash hamda ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Sinovlar davomida o‘quvchilar o‘tilgan mavzular yuzasidan o‘z bilimlarini mustaqil ravishda namoyon etib, nazariy bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlamoqdalar.
Oylik oraliq test sinovlari natijalari o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, mavjud bilim bo‘shliqlarini aniqlash hamda kelgusidagi dars mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademik litseyda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishini kuchaytirish va ularni yuqori natijalarga yo‘naltirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Barcha o‘quvchilarimizga test sinovlarida omad va yuqori natijalar tilaymiz!
