yosh kitobxon 16x9

“Yosh kitobxon” tanloviga marhamat, aziz yoshlar!

yosh kitobxon 16x9

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlov yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Tanlov uchun tavsiya etilgan asarlar:

  1. Pirimqul Qodirov — “Yulduzli tunlar”
  2. Tog‘ay Murod — “Otamdan qolgan dalalar”
  3. Javlon Jovliyev — “Qo‘rqma”
  4. Shuhrat — “Oltin zanglamas”
  5. Odil Yoqubov — “Ko‘hna dunyo”
  6. Agata Kristi — “Ular o‘nta edi”
  7. Jek London — “Martin Iden”
  8. Jeyms Klir — “Atom odatlar”
  9. Paulo Koelo — “Alkimyogar”
  10. Frans Kafka — “Evrilish”

Ishtirok etish tartibi:

Tanlov ishtirokchilari tavsiya etilgan asarlarni mutolaa qilib, ularning mazmunini chuqur anglash, qahramonlar xarakterini tahlil qilish hamda mustaqil fikr bildirish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etadilar.

Mukofot jamg‘armasi: Tanlov nizomida belgilangan.

Tanlov nizomi: https://telegra.ph/NIZOM-10-10-2

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar ittifoqi koordinatori yoki yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.

Aziz yoshlar! Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga, mutolaa orqali bilim va tafakkuringizni boyitishga hamda g‘oliblik sari intilishga chorlaymiz!