photo 2026 11 18 11 03 32

Bayrog‘im — milliy g‘urur va iftixorim!

photo 2026 11 18 11 03 32

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar va ustozlar bayramona ruhda, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olindi.

Erta tongdan akademik litseyda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga boy bayramona muhit hukm surdi. Muqaddas bayrog‘imiz hilpiragan holda, Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, samimiy tabassumlar va ezgu tilaklar barchaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat hamda yurtimiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Zero, Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, tinchligimiz, xalqimizning birdamligi va yorug‘ kelajagimizning yorqin timsolidir. Uning yuksaklarda hilpirashi har bir yurtdoshimiz qalbida cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Barchangizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etamiz! Bayrog‘imiz doimo baland, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Bayrog‘im — faxrim, Vatanim — g‘ururim!